Izchil — Telegram bot va shu panel birgalikda ishlaydigan shaxsiy yordamchi. Vazifa, odat, maqsad va xarajat bir joyda: botga oddiy gap bilan yozasiz, panelda umumiy manzarani ko'rasiz.
«ertaga 15:00 shifokorga», «har kuni 07:00 yugurish» — sana, vaqt va takrorlanish matnning o'zidan o'qiladi. Ovozli xabar ham bo'ladi.
Har kungi kichik ish belgilanadi, seriya sanaladi. 90 kunlik kalendar izchillikni bir qarashda ko'rsatadi.
«bomdoddan keyin Qur'on» kabi vazifalar shahringizdagi namoz vaqtiga qarab eslatiladi — qat'iy soatga emas.
Bank SMS'idan avtomatik yozuv, kategoriya bo'yicha byudjet, Excel/CSV eksport. Kerak bo'lmasa — ishlatmaysiz.
Telegram hisobingiz bilan — parol yo'q, ro'yxatdan qayta o'tish shart emas.
Panel Telegram botning davomi. Kirish uchun avval botda taklif havolangiz bilan ro'yxatdan o'tgan bo'lishingiz kerak — panel yangi hisob ochmaydi.